19/09/2025

  Joriy yilning 19-sentabr sanasida Toshkent shahar statistika boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 16.09.2025-yildagi “Respublikaning hudud, soha va tarmoqlarida raqamli texnologiyalar joriy etilishini yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-286-son qarori mazmun-mohiyatini xodimlarga tushuntirish yuzasidan seminar o‘tkazildi.   

  Yigilishni boshqarma boshligʻi o‘rinbosari X.Narziyev kirish soʻzi bilan ochib, kun tartibidagi masalalarga toʻxtalib o‘tdi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 16.09.2025-yildagi “Respublikaning hudud, soha va tarmoqlarida raqamli texnologiyalar joriy etilishini yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-286-son qarorining mazmun-mohiyati haqida tushuncha berdi.   

  Shundan so‘ng boshqarma boshligʻi o‘rinbosari X.Narziyev ushbu qaroroning maqsadi “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasiga muvofiq, shuningdek, davlat organlari va iqtisodiyotning real sektori korxonalarining faoliyatini raqamli transformatsiyalash, ko‘rsatilayotgan elektron xizmatlar ko‘lamini kengaytirish, hududlarda raqamli texnologiyalarni yanada rivojlantirish ekanligi haqida aytib o‘tdi.    

  Shuningdek, boshqarma boshligʻi o‘rinbosari X.Narziyev mazkur qarorga muvofiq, quyidagilar “Raqamli hukumat” tizimini 2025-2026-yillarda rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari etib belgilanganligi to‘g‘risida aytib o‘tdi, xususan:

(a) “Raqamli hukumat” dasturi doirasida 41 ta ustuvor loyihani ishga tushirish, elektron davlat xizmatlari ulushini 70 foizga yetkazish hamda mahallalarda 30 turdan ortiq davlat xizmatlarini ko‘rsatish;

(b) hududlarda telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish, jumladan 66 ming km optik tolali aloqa liniyasini o‘tkazish, 2 284 ta tayanch stansiyani ishga tushirish, 100 dan ortiq axborot tizimini joriy etish;

(v) aholi va tadbirkorlar uchun 100 dan ortiq turdagi elektron xizmatlarni joriy etish, shu jumladan 10 turdagi davlat xizmatini proaktiv va kompozit shaklga o‘tkazish, 19 ta hayotiy vaziyatda fuqarolarga avtomatik tarzda xabar yuborish.

  Bundan tashqari, mazkur qaror bilan hududlarda aholiga elektron xizmatlar ko‘rsatish sifatini oshirish maqsadida quyidagilan belgilanganlgi aytib o‘tildi:

(a) 2025-yil 1-noyabrdan boshlab kiberxavfsizlik talablariga rioya etgan holda mobil aloqa operatorlari, tijorat banklari, to‘lov tashkilotlariga mobil ilovalar orqali Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi pulli elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatish imkoniyati yaratiladi;

(b) 2025-yil 1-dekabrdan boshlab nodavlat notijorat tashkilotlariga “Raqamli hukumat” tizimining Idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali belgilangan tartibda elektron idoralararo hamkorlikni amalga oshirishga ruxsat beriladi;

(v) 2026-yil 1-yanvardan boshlab fuqarolarning ijtimoiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha murojaati, mahallalardagi oilalar va aholi ma’lumotlarini yuritish hamda mahallalarda aholi bilan ishlash jarayonlari “Raqamli mahalla” platformasi orqali amalga oshiriladi.

  Qarorga asosan shunday tartib o‘rnatilmoqdaki, unga muvofiq,

(a) ijtimoiy himoya va sog‘liqni saqlash sohalarida:

(i) 2026-yil 1-maydan boshlab nogironlikni belgilash (bolalikdan nogironligi bo‘lgan, I va II guruh nogironlari) bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishda fuqarolarga tibbiyot muassasalariga imtiyozli davolanish uchun beriladigan yo‘llanmani shakllantirish va elektron navbatga qo‘yish kompozit shaklda amalga oshiriladi;

(ii) 2026-yil yakuniga qadar “Raqamli sog‘liqni saqlash” platformasiga integratsiyalashgan, tibbiy ko‘rik jarayonida shifokor nutqini avtomatik ravishda bayonlashtiruvchi ovozli yordamchi hamda bemorlarga tashxis qo‘yishda shifokorga ko‘maklashuvchi sun’iy intellekt texnologiyalariga asoslangan “Shifokorning raqamli yordamchisi” dasturi ishga tushiriladi;

(b) ta’lim sohasida:

(i) 2025-yil 1-noyabrdan boshlab davlat oliy ta’lim muassasalari talabalariga oylik ijara to‘lovining bir qismini qaytarish bo‘yicha Yagona portal orqali murojaat qilish imkoniyati yaratiladi;

(ii) 2026-yil 1-yanvardan boshlab o‘rta maxsus, kasbiy va oliy ta’lim tashkilotlarida ta’lim jarayoni bilan bog‘liq davlat xizmatlarini Yagona portal orqali ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi;

(v) suv xo‘jaligi sohasida 2025-yil 1-noyabrdan boshlab fermer va dehqon xo‘jaligi hamda tadbirkorlik subyektlariga suv taqsimlash bilan bog‘liq barcha ma’muriy tartib-taomillar “Suv hisobi” suv resurslarini boshqarish yagona tizimi orqali faqat elektron shaklda amalga oshiriladi;

(g) 2025-yil 1-noyabrdan boshlab transport vositasiga gaz baloni o‘rnatilganligiga oid ma’lumotlarni elektron shaklda yuritish orqali transport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasini qayta rasmiylashtirish tartibi bekor qilinadi;

(d) 2026-yil 1-yanvardan boshlab Yagona portal orqali chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni yashash joyi bo‘yicha bir yilgacha bo‘lgan muddatga vaqtincha ro‘yxatga olish amaliyoti joriy etiladi.

  Seminar yakunida Boshqarma bosh yuriskonsulti F.Tursunov ham so‘zga chiqib, yuqoridagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori haqida xodimlarga qo‘shimcha ma’lumotlar berib o‘tdi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech