05/12/2025

            Yigʻilishda soʻzga chiqgan X. Narziyev taʻkidlashicha: korrupsiyaga qarshi kurashishda Statistika qoʻmitasi va Toshkent shahar statistika boshqarmasi tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilganligini takidladi.

            Bunda, Statistik hisobotlarini topshirish barcha respondentlar uchun toʻliq onlayn tizimga oʻtkazildi, Kadrlarni ishga olish tartibi “Argos.uz”  elektron platformasi asosida amalga oshirilishiga erishildi, Oʻzbekiston Respublikasining Prezidentining 2022-yil 8-avgustdagi OʻRQ-788-son “Davlat fuqaroligi xizmati toʻgʻrisida”gi Qonuni  va Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 5-iyundagi OʻRQ-931-son “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi Qonunlari,Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
2022-yil 12-yanvardagi PQ-81-son “Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi”gi Qarori va  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024- yil 5-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida” gi Qonuni ijrosini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-210-son Qarori ijrosi toʻgʻrisida ishlar tashkil etilgan va doimiy ravishda boshqarma va tuman statistika boʻlimlaridagi hodimlarga seminarlari tashkil etilib kelinmoqda.

            Bundan tashqari, korrupsiyaga qarshi kurashish maqsadida 2025-yil 
20-aprelda Toshkent shahar statistika boshqarmasining Kompleks chora-tadbir rejasi tasdiqlangan.

            Mazkur “Kompleks chora-tadbir rejasi” ijrosi yuzasidan belgilangan vazifalar samarali tashkil etishda yil boshidan boshqarma va tuman statistika boʻlimda faoliyat yurituvchi xodimlarga doimiy ravishda Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi yangi Qonun va Qarorlar tanishtirilib kelinmoqda.

            Korrupsiyaga qarshi kurashish va uni oldini olish borasida seminarlar har oyda 1 marotaba yaʼni (132 ta seminarlar) boshqarma va tuman statistika boʻlim xodimlari uchun seminarlar tashkil etilib, 700 nafardan ortiq xodimlar seminarda qatnashdi, axborot-targʻibot kabi amalga oshirilayotgan ishlar ommaviy axborot vositalari va internet tarmoqlarida, boshqarma va tuman statistika telegramm kanallarida doimiy ravishda keng yoritilib, https://toshstat.uz veb-saytiga joylashlashtirilib borilmoqda.

“Jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish xonasi”da qabullar tashkil etilgan. Qabullar jarayonida har qanday korrupsiyaviy takliflar yuzasidan koʻrilgan choralar boʻyicha ijro boʻlimi bilan hamkorlikda tegishli maʼlumotlarni har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Huzuridagi Statistika Agentligining Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat xizmatiga taqdim etib borilmoqda.

     Korrupsiya holatlarining oldini olish boʻyicha boshqarma tomonidan plakat va bukletlar tayyorlangan. Bukletlar statistika organlari tomonidan oʻtkazilayotgan tadbirlarda va hisobot davrida tadbirkorlik subyektlariga tarqatish yoʻlga qoʻyilgan.

      Shuningdek, boshqarma va tuman statistika boʻlimlarida stend,plakatlar,buklar bilan jihozlangan.

            Boshqarmada har qanday koʻrinishdagi korrupsiya holatlariga chek qoʻyish, uning oldini olish boʻyicha ishlar samaradorligini yanada oshirish maqsadida boshqarma binosining asosiy kirish qismiga FACE ID turniket nazorati oʻrnatildi va tadbirkorlik subyektlari va fuqarolar murojaatlarini qabul qilishni shaffof olib borish maqsadida yuridik va jismoniy shaxslarni qabul qilish xonasi tashkil etilgan va kameralar bilan jihozlangan.

            Boshqarmaga tashrif buyurgan korxona va tashkilotlarning mansabdor shaxslari va jismoniy shaxslarni qabul qilish uchun alohida qabulxona tashkil qilinib, kerakli org.texnikalar bilan jihozlandi.

Fuqarolarni boshqarma va tuman statistika boʻlimlari faoliyatidagi oid korrupsion holatlar boʻyicha xabarlar va maʼlumotlar uchun moʻljallangan “Murojaatlar qutisi” tashkil etilgan.

                        Har 15 ish sanasida Korrupsiyaga qarshi kurash komissiya aʼzolari tomonidan ochib oʻrganilishi toʻgʻrisida taʻkidlab oʻtdildi.

            Shuningdek, statistik hisobotlarini qabul qilishda jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilishda korrupsiyaviy holatlarga duch kelganda tegishli huquqni himoya qiluvchi organlarga murojaat qilish, statistika hisobotlarini qabul qilishda korrupsion holatlarga yoʻl qoʻymaslik toʻgʻrisida takidlab oʻtildi.

Yigʻilish davomida Toshkent shahar statistika boshqarmasining Korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati kotibi A.Mamatov 9-dekabr “Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” yuzasidan  soʻzga chiqib, qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida tushuntirishlar berdi.

Shu bilan birga, boshqarma tarmoq boʻlimlari xodimlarining odob-axloq qoidalariga amal qilishlari toʻgʻrisida toʻxtalib oʻtildi.

  Kun tartibidagi masalalar va ular toʻgʻrisidagi fikr-mulohazalardan kelib chiqib yigʻilish

 

 kurash

Tugmani bosing Tinglash GSpeech