

Xabaringiz bor, Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishning 2-bosqichida mahalla yettiligi uyma-uy yurib, aholini ro‘yxatdan o‘tkazmoqda. Bu ishlar Toshkent shahridagi barcha mahallalarda ham qizg‘in olib borilyapti.

Xususan, Uchtepa tumanidagi Farxod mahallasi yettiligi ham xonadonbay yurib, aholini ro‘yxatdan o‘tkazmoqda. Ushbu mahallada 2 199 ta xonadon, 2 521 ta oila mavjud. Hududda 6 828 nafar fuqaro istiqomat qiladi. Ularning 65 foizi onlayn ro‘yxatdan o‘tgan va hozirda qolgan fuqarolarni ro‘yxatga olish jarayoni olib borilyapti.

Eslatib o‘tamiz Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishning 2-bosqichi 28-fevralgacha davom etadi.



