13/02/2026

Bilasizki, ayni kunda yurtimiz bo‘ylab, Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishning 2-bosqichi bo‘lib o‘tmoqda. Shu munosabat bilan Toshkent shahar statistika  boshqarmasi tashabbusi bilan shahardagi barcha bozorlarda targ‘ibot tadbirlari tashkil etilmoqda.

Shuningdek, mahalladan bozorga biriktirilgan mahalla yettiligi a’zolari ma’muriyat binosida tashkil etilgan shtabda tadbirkorlik sub’yektlari va jismoniy shaxslarni oflayn ro‘yxatdan o‘tkazmoqda.

 30 nafarga yaqin volontyor yoshlar bozor hududlarida yurib, Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishni targ‘ib qiluvchi flayerlarni fuqarolarga tarqatishmoqda.

Bunday tadbirlardan asosiy maqsad, ro’yxatga olish tugaguniga qadar barchani yanada faol bo‘lishga undash hamda Toshkent shahrida ushbu tadbirni ko‘taringki kayfiyatda yakunlashdir. Targ‘ibot tadbirlari davom etyapti.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech