Xabar qilayotganimizdek, mamlakatimizda umummilliy tadbir “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish” jarayonining 2-bosqichi davom etmoqda.
Ushbu tadbir poytaxtimiz Toshkent shahrida ham uyushqoqlik bilan o‘tkazilmoqda. Xususan, Chilonzor tumani eng faol hududlardan biri bo‘lib, mavjud 74 660 ta xonadonlarning 98,0% ro‘yxatdan o‘tdi.

Hozirgi kunda bu ishlar tizimli ravishda davom ettirilmoqda bunda ayniqsa mahalla yettiligi a’zolarining mehnati tahsinga loyiq. Masalan, Xirmontepa mahallasi yettiligi ham uyma-uy yurib, axolini ro‘yxatga olmoqda.

Bizning mahallamiz fuqarolari birinchi bosqich ya’ni onlayn ro‘yxatga olishda faol qatnashdi. Natijada 80% fuqaromiz ro‘yxatdan o‘tdi. Hozirda yettilik a’zolariga 24 ta ko‘p qavatli uylarni bo‘lib berganmiz ular planshet qurilmasi yordamida ro‘yhatga olishni davom ettirmoqda- deydi mahalla raisi A'zam Mavlonov.

Ro‘yxatga olishning 2-bosqichi 28-fevralgacha davom etadi.



