23/02/2026

Ayni kunda mamlakatimiz boʻylab Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishning 2-bosqichi davom etmoqda. Bu jarayonda oliy ta’lim tashkilotlarida bilim olayotgan talabalarni yashab turgan manzilidan roʻyxatga olish maqsadida Toshkent shahar statistika boshqarmasidan tumanlarga biriktirilgan kuratorlar hududidagi oliy oʻquv yurtlarida boʻlib, tashkiliy rejadagi ishlarni amalga oshirmoqda.

 

Biz har kuni oliy ta’lim maskanlarida boʻlib u yerda tashkil etilgan shtab a’zolari bilan birgalikda  bir kunda oʻrtacha 500 nafarga yaqin talabani roʻyxatdan oʻtkazmoqdamiz. Bunda xorijiy mamlakatlardan kelib oʻqiyotgan talabalarga alohida e’tibor qaratmoqdamiz. Shtab a’zolari uchun esa har kuni amaliy seminar mashgʻulotlari tashkil etib borilmoqda. Oldimizda yana bir haftalik muddat bor shu vaqt ichida belgilab olingan tahskiliy rejadagi ishlarimizni toʻliq yakunlaymiz deydi- boshqarmaning boʻlim boshligʻi Jasurbek Abdullayev.

 

Eslatib oʻtamiz, Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishning 2-bosqichi 2026- yilning 28-fevral kunigacha davom etadi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech