03/04/2026

1

 

              Joriy yilning 3-aprel sanasida Toshkent shahar statistika boshqarmasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 25.03.2026 -yildagi “Aholini kuz-qish mavsumlarida qishloq xoʻjaligi mahsulotlari bilan barqaror taʼminlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-108-son Qarori mazmun-mohiyatini xodimlarga tushuntirish yuzasidan seminar o‘tkazildi.   

Yigilishni boshqarma boshligʻi o‘rinbosari A.Azimov kirish soʻzi bilan ochib, kun tartibidagi masalalarga toʻxtalib o‘tdi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarorining mazmun-mohiyati haqida tushuncha berdi.  

Shundan so‘ng boshqarma boshligʻi o‘rinbosari A.Azimov ushbu Qarorning maqsadi Respublikada yashil iqtisodiyot tamoyillarini joriy etish, shuningdek, issiqxonalarni tabiiy-iqlim sharoitiga qulay boʻlgan hududlarda agropark usulida rivojlantirish orqali energiya resurslarini tejash ekanligi haqida aytib o‘tdi.

Shuningdek, boshqarma boshligʻi o‘rinbosari quyidagilar ushbu Qarorning asosiy maqsadlari etib belgilanganligini aytib o‘tdi, xususan:

(a) Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida kamida 940 gektar maydonda zamonaviy issiqxona majmualarini joylashtirish;

(b) energiya tejamkor va muqobil energiya manbalariga asoslangan isitish tizimlari ulushini kamida 50 foizga yetkazish;

(v) atmosfera havosiga zararli tashlamalar tashlayotgan tadbirkorlik subyektlari faoliyatini bosqichma-bosqich kamaytirish.

Shuningdek, boshqarma boshligʻi o‘rinbosari mazkur qaror bilan Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi hamda Surxondaryo viloyati hokimligining Surxondaryo viloyati tabiiy-iqlim sharoitlaridan unumli foydalanish maqsadida:

(a) mazkur qarorga ilovaga muvofiq Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida “Surxon-Agro” erkin iqtisodiy zonasini tashkil etish;

(b) “Surxon-Agro” zonasini rivojlantirish va boshqarish uchun davlat muassasasi shaklida “Surxon-Agro” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi faoliyatini yoʻlga qoʻyish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilganligi, “Surxon-Agro” zonasining faoliyat koʻrsatish muddati keyinchalik uzaytirish imkoniyati bilan 30 yilni tashkil etishi, “Surxon-Agro” zonasining faoliyat koʻrsatish muddati mobaynida uning ishtirokchilariga erkin iqtisodiy zonalar ishtirokchilari uchun belgilangan alohida soliq, bojxona imtiyozlari va boshqa preferensiyalar tatbiq etilishi belgilanganligi haqida aytib oʻtdi.

Bundan tashqari, Boshqarma boshlig`i quyidagilar Direksiya faoliyatining ustuvor yoʻnalishi va asosiy vazifalari etib belgilanligini ko`rsatib o`tdi:

(a) issiqxonalarda zamonaviy, energiya tejamkor va raqamli agrotexnologiyalarni joriy etish, avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari, tomchilatib sugʻorish va qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish;

(b) toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, davlat-xususiy sheriklik asosida klaster va kooperatsiya modelini rivojlantirish hamda moliyaviy qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritish;

(v) issiqxona xoʻjaliklariga “yagona darcha” tamoyili asosida muhandislik tarmoqlariga ulanish, eksport hujjatlarini rasmiylashtirish hamda davlat subsidiyalarini olish jarayonlarini toʻliq amalga oshirish;

(g) talabgor tadbirkorlar tomonidan mahsulotlarni saralash, qadoqlash va sovitish omborlarini oʻz ichiga olgan zamonaviy agrologistika markazini tashkil etish loyihalari amalga oshirilishiga koʻmaklashish.

Seminar yakunida Boshqarma bosh yuriskonsulti F.Tursunov ham so‘zga chiqib, yuqoridagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori haqida xodimlarga qo‘shimcha ma’lumotlar berib o‘tdi.

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech