01/02/2022

Toshkent shahri bo‘yicha 2021-yilning yanvar- dekabr oylarida uyushmagan savdo tovar aylanmasi 1 135,3 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2020- yilning mos davriga nisbatan 103,0 % ga ko‘paydi.
Shu jumladan, 1-bozor va 1-bozor (chorva) (oylik) kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan, dehqon bozorlarida savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarning uy xo‘jaliklarida yetishtirgan mahsulotlarini sotish hajmi 1 031,3 mlrd. so‘mni (o‘zgarish sur’ati 101,5 %), chorva mollari va parrandalar sotuvchi jismoniy shaxslarning savdo aylanmasi hajmi 104,0 mlrd. so‘mni (o‘zgarish sur’ati 121,3 %) tashkil etdi.

photo2022-02-0110-58-22

Toshkent shahar statistika boshqarmasi
Axborot xizmati                 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech