Toshkent shahrida joriy yilning yanvar-dekabr oylarida, jami qurilish ishlari hajmi tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 10 720,8 mlrd. so‘mni tashkil etdi.
Qurilish ishlari 2020-yilga nisbatan 154,8% ga ko‘p bajarilgan bo’lib, jami qurilish ishlari hajmidagi ulushi 2020-yilning mos davridagi ko‘rsatkich darajasidan 9,6% punktga ko`payib, 40,6 ni tashkil etdi.
Toshkent shahar statistika boshqarmasi
Axborot xizmati