Toshkent shahrida 2021-yil yanvar–oktabr oylarida ko‘rsatilgan bozor xizmatlarining umumiy hajmidagi eng katta ulush – 15,4% (2020-yil yanvar–oktabr oylarida – 15,3 %)ni Yunusobod tumani tashkil etdi. Xizmat ko‘rsatish sohasining eng past ko‘rsatkichlari Yangihayot tumanida – 1,4 % (2020-yil yanvar–oktabr oylarida – 0,9 %) qayd etildi.
Toshkent shahar statistika boshqarmasi
Axborot xizmati