Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani Prezident maktabida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabr kungi 710-sonli “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yil aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi Qarorining bajarilishi yuzasidan joriy yilning 7-fevral kuni o‘quv seminari tashkil etildi.
Seminarda Mirzo Ulug‘bek tumani statistika bo‘limi boshlig‘i R.Qahramonov ishtirokchilarga ro‘yxatga olish 2023-yil 1 — 25-noyabr kunlari o‘tkazilishi, ushbu tadbirga tayyorgarlik ishlarini tashkil etishda ko‘cha nomlari, xonadon tartib raqamlarini shakllantirish, kadastr agentligi bilan hamorlikda mahalla fuqarolar yig‘inining kartografik sxemalarini yangilash, qo‘shimchalar kiritish haqida ta’kidladi.
Toshkent shahar statistika boshqarmasi
Axborot xizmati