14/02/2022

Toshkent shahrida moliyaviy xizmatlar umumiy hajmida sug‘urta va nafaqa ta’minoti bo‘yicha xizmatlardan tashqari moliyaviy xizmatlarning ulushi 89,8 % ni tashkil etdi.
2021- yilning yanvar-dekabr oylari yakuniga ko‘ra, sug‘urta xizmatlarining ulushi 6,1 % oralig‘ida qayd etildi.
Moliyaviy va sug‘urtalash xizmatlariga nisbatan yordamchi xizmatlarning ulushi umumiy hajmning 4,1% ini tashkil etdi.
Taqqoslash uchun: 2020- yilning yanvar-dekabr oylarida moliyaviy xizmatlar umumiy hajmining 91,5 % ini sug‘urta va nafaqa ta’minoti bo‘yicha xizmatlardan tashqari moliyaviy xizmatlar tashkil etgan.
Sug‘urta xizmatlarining ulushi 4,5 % ga to‘g‘ri kelgan. Moliyaviy va
sug‘urtalashga tegishli yordamchi xizmatlar – 4,0 %.

photo1644816389

Toshkent shahar statistika boshqarmasi
Axborot xizmati                 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech