Toshkent shahar statistika boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-dekabr oylarida 57 611,3 mlrd. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilib, korxona, tashkilot va aholining o‘z mablag‘lari hisobida 24962,8 mlrd. so‘m (jami investitsiyada ulushi 43,3 foiz) moliyalashtirildi. O‘sish sur’ati 2020-yilga nisbatan 104 foizni tashkil etdi.
Toshkent shahri Respublika hududlar orasida yetakchilik qilmoqda.
Ikkinchi o‘rinda — Toshkent viloyati-27822,4 mlrd. so‘m.
Poytaxtimiz tumanlar kesimida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi tarkibida eng ko‘p ulush Yunusobod tumani (asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 10531,3 mlrd. so‘m. (15,4 foiz) hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
Eng past ko‘rsatkich esa Yangihayot 1408,7 mlrd. so'm (3,1foiz) tumaniga to‘g‘ri kelmoqda.
Toshkent shahar statistika boshqarmasi
Axborot xizmati