11/10/2021

Joriy yilning 11-oktabr sanasida Toshkent shahar Yashnobod tumani “Tuzel” MFYda sinov tariqasida aholini ro'yxatga olish yuzasidan instruktorlarni maxsus dastur asosida o‘qitish va amaliy ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi.
Mazkur seminarni Toshkent shahar statistika boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari I.Shermatov ochib berdi hamda yig‘ilganlarga seminarning maqsadi haqida to‘xtalib o‘tdi.
Davlat statistika qo`mitasi Aholi, demografiya va mehnat statistikasi bo‘yicha yig‘ma tahliliy axborotlarni shakllantirish bo‘limi bosh mutaxassisi J.Eshniyazov ishtirokchilarga Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi “O’zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro’yxatga olishga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish chora-tadbirlarito’g’risida”gi 710-son qaror bilan tanishtirib, ro‘yxatga oluvchilarga mahallalarning sxematik xaritalari asosida uy-joylar ro‘yxatidan foydalanish, yuzasidan ma'lumot berildi.

photo2021-10-1117-07-59

photo2021-10-1117-08-01

Toshkent shahar statistika boshqarmasi

Axborot xizmati             

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech