16/02/2022

Oʻzbekiston Respublikasida 2022- yilning yanvar oyida jami faoliyat yuritayotgan kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish sanoati korxonalari tomonidan 1 970,7 mlrd. soʻm qiymatga teng boʻlgan mahsulotlar ishlab chiqarildi. Tarmoqning 2021-yilning yanvar oyiga nisbatan fizik hajm indeksi 102,8 % ni tashkil etdi.

Kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish sanoati korxonalari tomonidan respublika miqyosida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning jami hajmidagi eng yuqori ulushi Qoraqalpogʻiston Respublikasi (41,6 %), Navoiy viloyati (19,2 %), Qashqadaryo viloyati (17,1 %)  hamda Toshkent viloyati (9,0 %) hissalariga toʻgʻri keldi.

photo5215615234528623074

Toshkent shahar statistika boshqarmasi
Axborot xizmati           

Tugmani bosing Tinglash GSpeech