13/10/2021

Joriy yilning 12-oktabr kunida Toshkent shahar Uchtepa tumani Aholi bandligiga ko‘maklashish markazida “Aholini ro`yxatga olish ishlariga tayyorgarlik ko`rish” mavzusida seminar o`tkazildi.
Mazkur seminarni Uchtepa tumani Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi direktori I. Kamolov ochib berdi hamda yig‘ilganlarga seminarning maqsadi haqida to‘xtalib o‘tdi.
Tuman statistika bo‘limi boshlig'i U.Karimov ishtirokchilarga Vazirlar Mahkamasininig 2020- yil 11- noyabrdagi “O`zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro`yxatga olishga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish chora-tadbirilari to`g`risida”gi 710-son qarori ijrosi bo`yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan ma`lumot berib bordi.
Seminar nihoyasida ishtirokchilar o‛zlariga qiziqtirgan savollarga javob oldilar va kelgusi jarayonlar uchun hamkorlikka targ'ib qilindi.
photo2021-10-1309-10-15

photo2021-10-1309-10-16

Toshkent shahar statistika boshqarmasi

Axborot xizmati             

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech