14/10/2021

Joriy yilning 14-oktabr sanasida Toshkent shahar Yashnobod tumani 216-sonli umumta’lim maktabida Davlat statistikasi qo‘mitasi mutaxassislari hamda Toshkent shahar statistika boshqarmasi hodimlari tomonidan sinov tariqasida aholini ro'yxatga olish yuzasidan maxsus registratorlarga dastur asosida o‘qitish va amaliy ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi.
Mazkur seminarda ro‘yxatga oluvchilarga Vazirlar Mahkamasininig 2020- yil 11- noyabrdagi “Ozbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini royxatga olishga tayyorgarlik korish va uni otkazish chora-tadbirilari togrisida”gi 710-son qarori ijrosi boyicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan malumot berib, mahallalarning sxematik xaritalari asosida uy-joylar ro‘yxatidan foydalanish, so‘rovnoma blankalarini to‘g‘ri to‘ldirish, respondentlar bilan muloqat qilish, to‘ldirilgan blankalarni saqlanishi va topshirilishi yuzasidan ma'lumot berildi.

photo2021-10-1418-02-22

Toshkent shahar statistika boshqarmasi

Axborot xizmati             

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech