Toshkent shahrida 2021- yil yanvar-dekabr oylarida davlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan jami 1009,0 mlrd. so‘m yoki 2020-yilga nisbatan 111,5% qurilish ishlari bajarildi. Nodavlat mulkchilikdagi tashkilotlar tomonidan esa 25400,3 mlrd. so‘m qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur‘ati 118,0% ni tashkil etdi. Ularning shahardagi tutgan ulushi mos ravishda 3,8% va 96,2% ni tashkil etdi.
Toshkent shahar statistika boshqarmasi
Axborot xizmati