Toshkent shahrida 2021- yilning yanvar-dekabrida hududlar kesimida kichik tadbirkorlik subyektlarining eng ko‘p sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi Olmazor tumani (4393,6 mlrd. so‘m), Chilonzor (4303,3 mlrd. soʻm), Yashnobot (4093,6 mlrd. soʻm), Sergeli (3413,2 mlrd. soʻm) va Yunusobod (2424,8 mlrd. soʻm) tumanlari hissasiga to‘g‘ri keladi. Shayxontohur tumanida (1192,9 mlrd. soʻm) sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi eng past bo‘lib qolmoqda.
Toshkent shahar statistika boshqarmasi
Axborot xizmati