Joriy yilning 21- fevral kuni Davlat statistika qo‘mitasi raisi Begalov Bahodir Abdusalomovich hududiy statistika idoralarining faoliyatini o‘rganish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrif buyurdi. Dastlab, Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi bo‘limlarining ish faoliyati bilan yaqindan tanishib, “1-KB yillik” – mikrofirma va kichik korxonalarning 2021- yil uchun hisoboti va “1-FX yillik”– fermer xo’jaliklari faoliyati to’g’risida 2021- yil uchun hisoboti statistik hisobotlarining o‘z vaqtida sifatli qabul qilish samaradorligini oshirish yuzasidan alohida topshiriqlar berdi.
Toshkent shahar statistika boshqarmasi
Axborot xizmati