23/02/2022

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020- yil 3- avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ - 4796 -sonli qaroriga 2 - ilova bilan tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi”ning 84-bandida Davlat statistika qo‘mitasiga davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda iqtisodiyot tarmoqlari xodimlarining amaliy bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida, shartnoma asosida “Statistika asoslari” bo‘yicha o‘qitishni yo‘lga qo‘yish vazifasi belgilangan. Mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 23-fevral sanasida Toshkent shahar statistika boshqarmasida Davlat statistika qo‘mitasi xuzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti tomonidan Toshkent shahrining mahalliy davlat hokimiyati organlari va shahar tashkilotlari iqtisodchi xodimlari uchun "Statistika asoslari" sayyor o‘quv kursi tashkil etildi. Unda Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti direktori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor B.G‘ayibnazarov "Statistika" fanining predmeti, metodi, usullari va vazifalari. Statistik kuzatish: tasnifi va usullari bo‘yicha ma’lumot berib o‘tdi. Shuningdek, tinglovchilar Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti katta o‘qituvchisi F.Umarovdan “O‘rtacha mikdorlar va o‘rtacha tuzilmaviy korsatkichlar”. Statistik ma’lumotlarni taqdim etish usullarini o‘rganishdi. Aytish joizki, seminar davomida, shuningdek, “Taraqqiyot strategiyasi sari” tamoyiliga asosan ishlab chiqilgan quyidagi yettita ustuvor yo‘nalishdan iborat 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi (keyingi o‘rinlarda — Taraqqiyot strategiyasi)ni mazmun-mohiyati hamda ustuvor yo‘nalishlari, milliy taraqqiyot istiqbollari haqida atroflicha fikr yuritildi.Toshkent shahrining mahalliy davlat hokimiyati organlari va shahar tashkilotlari iqtisodchi xodimlarining malakasini oshirish bo‘yicha amaliy o‘quv kursi 25-fevraliga qadar davom etadi.

 photo5237827349389622291

photo5237827349389622293

photo5237827349389622290

photo5237827349389622292

Toshkent shahar statistika boshqarmasi
Axborot xizmati                    

Tugmani bosing Tinglash GSpeech