Joriy yilning 23-25 fevral kunlari Toshkent shahar statistika boshqarmasida Davlat statistika qo‘mitasi xuzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti tomonidan Toshkent shahrining mahalliy davlat hokimiyati organlari va shahar tashkilotlari iqtisodchi xodimlari uchun "Statistika asoslari" sayyor o‘quv kursi tashkil etildi. Aytish joizki, o‘quv kursi ishtirokchilari qo‘mita huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti professor - o‘qituvchilari tomonidan tayyorlangan tegishli o‘quv va tarqatma materiallari, shuningdek, Davlat statistika qo‘mitasining 2021- yil uchun tarmoqlar va hududlar ijtimoiy - iqtisodiy rivojlanishining tahliliy statistik ma’lumotlari bilan ta’minlandi. Kurs yakunida ishtirokchilar belgilangan namunadagi guvohnoma bilan taqdirlandi.
Toshkent shahar statistika boshqarmasi
Axborot xizmati