Toshkent shahrida Elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 3,4 trln. so‘mni (jami ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmining (8,8 % ini) tashkil etdi. 2021- yilning yanvar-dekabr oylarida, sanoatning mazkur tarmog‘ida elektr energiyani ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash, bug‘ bilan ta’minlash tizimlari va havoni konditsiyalashning o‘tgan yilning mos davriga nisbatan fizik hajm indeksi 20,2 % ga kamayganligi kuzatildi.
Toshkent shahar statistika boshqarmasi
Axborot xizmati