Toshkent shahar Statistika boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, 2021-yilning yanvar-dekabr oylarida poytaxtning chakana savdo tovar aylanmasi 61 434,4 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2020-yilning mos davriga nisbatan 117,2 foizga oshdi. Toshkent shahri Respublika hududlar orasida yetakchilik qilmoqda. Ikkinchi o‘rinda — Toshkent viloyati-26859,8 mlrd. so‘m. Eng past ko'rsatkich Sirdaryo viloyati 516,1 mlrd. so‘m(0.8 foiz)ni tashkil etdi. Poytaxtimiz tumanlari kesimida eng yuqori ko'rsatkich 8 489,7 mlrd. so‘m(13,8 foiz) bilan Chilonzor tumaniga tegishli.
Toshkent shahar statistika boshqarmasi
Axborot xizmati