07/03/2022

Joriy yilning 7-mart kuni Toshkent shahar statistika boshqarmasida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayramiga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi. Mazkur tadbirning ochilish qismida boshqarma boshlig‘i L.Mirsoatov tizimda mehnat qilayotgan xotin-qizlarni bahor va go'zallik bayrami – 8 mart ayyomi bilan qutladi. Taʼkidlanganidek, barchamiz uchun aziz va mo'tabar bo'lgan ayol zoti haqida so'z yuritar ekanmiz, avvalambor, bizni dunyoga keltirgan, voyaga yetkazgan Ona siymosi oldida bosh egib, ta'zim qilamiz. Tadbirda yurtimizda ayollarning jamiyatdagi o‘rni, mavqei oshib borayotganligi alohida aytib o‘tildi. Shundan so‘ng, boshqarmada faoliyat yuritayotgan ayollar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

 

photo5271756607480510454

photo5271756607480510452

photo5271756607480510453-1

Toshkent shahar statistika boshqarmasi
Axborot xizmati                

Tugmani bosing Tinglash GSpeech