Toshkent shahar Uchtepa tumaniga qarashli “Bog‘ichinor” mahalla fuqarolar yig‘inida joriy yilning 9-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabr kungi “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yhatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-sonli qarorining bajarilishi yuzasidan Toshkent shahar statistika boshqarmasining “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish” bo‘limi bosh mutaxassisi A.Qobilov va Uchtepa tumani statistika bo‘limi boshlig‘i U.Karimov tomonidan “Bog‘ichinor” mahallasiga qarashli ko‘chalaridagi raqamlanmagam uylarning ro‘yxati shakllantirilib, birma-bir raqamlanmagan uylar sohiblari bilan suhbatlashdi. Shuningdek, mahalla xaritasidagi barcha obyektlarni to‘g‘riligini, mahallada yashovchi fuqarolarning aniq soni, mavjud ko‘cha nomi belgilari ilinishi zarurligi haqida tushuntirishlar berildi.
Toshkent shahar statistika boshqarmasi
Axborot xizmati