18/11/2021

Aholini ro‘yxatga olish-bu mamlakat aholisining muayyan vaqtdagi “fotosurati”ni olish imkonini beruvchi umumdavlat miqyosidagi keng ko‘lamli tadbir bo‘lib, aholi to‘g‘risidagi ishonchli axborot manbai hisoblanadi.
Aholini dastlabki ro‘yxatga olish qadimgi Gretsiya, Vavilon, Mesopotamiya, Rim, Xitoy, Yaponiya, va Misrda o‘tkazilgan.
Aholini eng birinchi rasmiy ro‘yxatga olish 1790 yilda AQShda, keyinchalik 1800 yilda Shvetsiya va Finlandiyada, 1801 yilda –Angliyada, Daniyada, Norvegiyada va Fransiyada o‘tkazilgan. Ammo, bu aholi ro‘yxatlari juda oddiy shaklda hamda uzoq muddatga cho‘zilgan. Masalan, birinchi AQShda aholini ro‘yxatga olish ishlari 18 oy davomida olib borilgan.
O‘zbekiston hududida dastlabki aholi ro‘yxati 1897 yilda o‘tkazilgan va o‘shanda aholi soni 3,9 million kishini tashkil qilgan. Ushbu ro‘yxatga olishda XIX asr oxirida mamlakatdagi oilalar, aholi soni, yoshi va jinsi, etnik tarkibi, tug‘ilish, o‘lim kabi demografik jarayonlarni qamrab olgan. Keyinchalik O‘zbekiston hududida 1926, 1939, 1959, 1970, 1979 va 1989 yillarda aholini ro‘yxatga olish tadbirlari o‘tkazilgan. Ammo mustaqillik yillarida respublikamizda aholini ro‘yxatga olish tadbirlari o‘tkazilmagan.
Ushbu dolzarb masalalarni hal etish va xalqaro talablardan kelib chiqqan holda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 05 fevraldagi PF-5655-son Farmoni hamda“O‘zbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish konsepsiyasi tasdiqlandi.

photo2021-11-1209-44-26
Mirzo Ulug‘bek tuman statistika bo‘lim boshlig‘i
A.Namozov                         

Tugmani bosing Tinglash GSpeech