2022- yilning yanvar oyida Oʻzbekistonga 39 ta davlatdan qiymati 26,5 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 20,9 ming tonna qogʻoz va karton import qilingan.
Qogʻoz va karton importi hajmi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 4,4 ming tonnaga oshgan.
2022- yilning yanvar oyida Oʻzbekiston eng koʻp qogʻoz va karton import qilgan davlatlar:
Rossiya – 11 ming tonna
Xitoy – 2,7 ming tonna
Finlyandiya – 1,9 ming tonna
Belarus – 1,5 ming tonna
Germaniya – 1,2 ming tonna
Ukraina – 1,1 ming tonna
Shvetsiya – 391 tonna
Polsha – 321,3 tonna
Turkiya – 230 tonna
Toshkent shahar statistika boshqarmasi
Axborot xizmati