Davlat statistika qoʼmitasi maʼlumotlariga koʼra, 2022-yilning yanvar oyida Oʼzbekiston 14 ta xorijiy davlatlarga qiymati 18,8 mln AQSh dollariga teng boʼlgan 3,3 ming tonna trikotaj mahsulotlarini eksport qilgan.
Trikotaj mahsulotlari eksporti hajmi oʼtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,1 mln АQSh dollariga oshgan.
Yanvar oyida Oʼzbekiston trikotaj mahsulotlarini eng koʼp eksport qilgan davlatlar:
— Rossiya – 7,3 mln
— Qirgʼiz R. – 5,6 mln
— Italiya – 2,4 mln
— Ukraina – 1,1 mln АQSh dollari
Yanvar oyida trikotaj mahsulotlarini eng koʼp eksport qilgan hududlar:
— Toshkent shahri – 9,3 mln
— Toshkent viloyati – 3,2 mln
— Аndijon viloyati – 1,9 mln
— Buxoro viloyati – 1,2 mln АQSh dollari
Toshkent shahar statistika boshqarmasi
Axborot xizmati