2022- yilning 1- mart holatiga ko‘ra, respublikamizda jami axborot va aloqa sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 10 790 tani tashkil etib, o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 109,3 foizga oshgan.
2022- yil yanvar- fevral oylarida axborot va aloqa sohasida 379 ta korxonalar yangi tashkil etilib, ularning 376 tasi kichik tadbirkorlik subyektlari hissasiga to‘g‘ri kelgan. Ushbu sohada yangi tashkil etilgan korxonalar soni bo‘yicha eng ko‘p hududlarga e’tibor qaratadigan bo‘lsak: Toshkent shahri – 141 ta, Samarqand viloyati – 43 ta, Toshkent viloyati – 27 ta, Farg‘ona viloyati – 26 tani tashkil etganligini ko‘rishimiz mumkin bo‘ladi.
Toshkent shahar statistika boshqarmasi
Axborot xizmati