2021- yilning yanvar-dekabr oylarida yetishtirilgan dehqonchilik mahsulotlarining umumiy hajmi 151,1 trln.soʻmni yoki 2020- yilning mos davriga nisbatan 103,1 % ni tashkil etdi. Yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining umumiy hajmida dehqonchilik mahsulotlarining ulushi 49,9 % ni tashkil qildi.
Mazkur davrda barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan 7 540,9 ming tonna –don ekinlari, 10 859,3 ming tonna – sabzavot, 3 292,3 ming tonna –kartoshka, 2 281,1 ming tonna – poliz, 2 852,5 ming tonna – meva va rezavorlar hamda 1 695,1 ming tonna – uzum yetishtirildi.
Toshkent shahar statistika boshqarmasi
Axborot xizmati