Toshkent shahar Yangihayot tumani 8-umumiy o‘rta ta’lim maktabida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabr kungi 710-sonli “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yil aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi Qarorining bajarilishi yuzasidan o‘quv seminar tashkil etildi.
Seminarda Yangihayot tumani statistika bo‘limi boshlig‘i A.Mamatov ishtirokchilarga ro‘yxatga olish 2023-yil 1 — 25-noyabr kunlari o‘tkazilishi, ushbu tadbirga tayyorgarlik ishlarini tashkil etishda ko‘cha nomlari, xonadon tartib raqamlarini shakllantirish, kadastr agentligi bilan hamorlikda mahalla fuqarolar yig‘inining kartografik sxemalarini yangilash, qo‘shimchalar kiritish aytib o‘tildi.
Shuningdek, aholini ro‘yxatga olishning asosiy vazifalari aholining sog‘lig‘ini mustahkamlash, xotin-qizlar va bolalar yashash shart-sharoitlarini yaxshilash ekanligi ta'kidlab o'tildi.
Toshkent shahar statistika boshqarmasi
Axborot xizmati