14/04/2022

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev raisligida aholini uy-joy bilan taʻminlash hamda yashil maydonlarni kengaytirish chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan videoselektor yigʻilishi oʻtkazilgan edi.
Unda “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari doirasida mamlakatimiz boʻylab yiliga 200 million tup daraxt va buta koʻchatlarini ekish borasida vazifalar belgilandi.
Toshkent shahar statistika boshqarmasi jamoasi tomonida "Yashil makon" umummilliy loyiha doirasida o'tkazilayotgan "Dolzarb 40 kunlik" tadbirida poytaxtimizning Yangihayot tumanida hududlarni yashil maskanlarga aylantirish maqsadida turli xil manzarali va mevali daraxt ko‘chatlari ekildi.

 photo2022-04-1410-55-13

photo2022-04-1410-55-14

photo2022-04-1410-55-12

Toshkent shahar statistika boshqarmasi
Axborot xizmati                    

Tugmani bosing Tinglash GSpeech