Joriy yilning 14-aprel kuni Toshkent shahar statistika boshqarmasi boshlig'i о‘rinbоsаri v.b. S.Annazarov hamda Chilonzor tuman statistika bo‘limi bosh mutaxassisi A.Ruziyeva ishtirokida 5-narx (bozor) xaftalik kuzatuvini Chilonzor dehqon bozoriga chiqib, bozor narxlarining ko‘rsatkichlari, ularning shaffofligi kuzatildi va narxlar planshetlarga qayd etib borildi. Shuningdek, “Ist’emol narxlari indeksi” kuzatuvlarining xizmatlar guruhi bo‘yicha dislokatsion nuqtalarga chiqib, xizmatlar sohasidagi narxlarining ko‘rsatkichlari, ularning shaffofligini kuzatdilar. Kuzatuv jarayonida tanlab olingan dislokatsiya obyektidagi mahsulotning belgilangan xususiyatlari o‘zaro mos kelayotganligi, amaldagi narxlar bilan dasturga kiritilgan narxlarning bir-biriga mosligi tekshirildi hamda kuzatuvni samarali o‘tkazish bilan bog‘liq tashkiliy masalalar yuzasidan taklif va tavsiyalar berildi.
Toshkent shahar statistika boshqarmasi
Axborot xizmati