15/04/2022

Joriy yilning 14-aprel kuni Toshkent shahar statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2021-yil 6-iyuldagi PF -6257-son Farmonining mazmuni va mohiyatini tushuntirish yuzasidan “Korrupsiya-rivojlanishimizga to‘siq!” mavzusida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda Toshkent shahar statistika boshqarmasi boshlig‘I v.b. L.Mirsoatov yig‘ilganlarga korrupsiya jamiyatni ortga surayotgan, millionlab insonlar hayotini xavf ostida qoldirayotgan jinoyatchilikning eng oliy ko‘rinishidir, unga befarq bo‘lishimiz, o‘zimiz, xalqimiz, yurtimiz uchun fojea hisoblanadi deb ta’kidladi.
Boshqarma boshlig'ining birinсhi о‘rinbоsаri v.b. Sh.Norkulov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2021-yil 6-iyuldagi PF -6257-son Farmonini ijrosini ta’minlash yuzasidan hamda “Korrupsiya-rivojlanishimizga to‘siq!” mavzusida boshqarma va tuman statistika bo‘limlari xodimlariga qisqacha tushunchalar berib o‘tdi.
Bundan tashqari korrupsiya xususan, uyushgan jinoyatchilikning ildiz otishiga, hukumatga bo‘lgan ishonch yo‘qolishi va ijtimoiy-siyosiy beqarorlikka sabab bo‘lishi haqida keng va atroflicha tushuncha berib o‘tdi.
Shundan so‘ng kun tartibidagi masala bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

photo2022-04-1516-44-08

photo2022-04-1516-45-51

 

Toshkent shahar statistika boshqarmasi
Axborot xizmati                    

Tugmani bosing Tinglash GSpeech