Toshkent shahrida moliyaviy xizmatlar umumiy hajmida sug‘urta va nafaqa ta’minoti bo‘yicha xizmatlardan tashqari moliyaviy xizmatlarning ulushi 89,5 % ni tashkil etdi.
2022-yilning yanvar-fevral oyi yakuniga ko’ra sug‘urta xizmatlarining ulushi 6,8 % oralig‘ida qayd etildi.
Taqqoslash uchun: 2021-yil yanvar-fevral oylarida moliyaviy xizmatlar umumiy hajmining 92,0 % ini sug‘urta va nafaqa ta’minoti bo‘yicha xizmatlardan tashqari moliyaviy xizmatlar tashkil etgan. Sug‘urta xizmatlarining ulushi 4,4 % ga to‘g‘ri kelgan.
Toshkent shahar statistika boshqarmasi
Axborot xizmati