Joriy yilning 15-aprel kuni Davlat Statistika qo'mitasining ishlab chiqarish narxlar bo'limi bo'lim boshlig'i Z.Egamshukurov, Toshkent shahar statistika boshqarmasi boshlig'ining birinchi o'rinbosari v.b.Sh.Norkulov hamda Uchtepa tuman statistika bo'limi yetakchi mutaxassisi narx registratori M.Radjabova bilan birgalikda Chilonzor buyum bozorida INI (Iste'mol narxlari indeksi) nooziq-ovqat kuzatuvi narxlarini dislokatsiya nuqtalariga chiqib o'rgandilar. O'rganish natijasida tanlab olingan dislokatsiya obyektidagi mahsulotning belgilangan xususiyatlari o‘zaro mos kelayotganligi, amaldagi narxlar bilan dasturga kiritilgan narxlarning bir-biriga mosligi tekshirildi hamda kuzatuvni samarali o‘tkazish bilan bog‘liq tashkiliy masalalar yuzasidan taklif va tavsiyalar berildi.
Toshkent shahar statistika boshqarmasi
Axborot xizmati