2021-2022- yillarning yanvar-mart oylarida aholi jon boshiga hisoblangan YAHM hajmi va o‘sish sur’atlari

Toshkent shahrida aholi jon boshiga hisoblangan YAHM 10 695,8 ming so‘mni tashkil etdi va bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 4,0 % ga yuqoridir.
Hudud iqtisodiyotining barcha tarmoqlarida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat (YAQQ) hajmi umumiy YAHMning 88,2 % ini, mahsulotlarga sof soliqlar esa 11,8 % ini tashkil etdi.
Hisobot davrida sanoat tarmog‘ining YAHMning tarmoqlar bo‘yicha tarkibidagi ulushi 31,2 % ni, qurilish 10,5 % ni va xizmatlar sohasi 58,3 % ni tashkil qildi.

photo2022-04-2017-46-10

Toshkent shahar statistika boshqarmasi
Axborot xizmati                    

Tugmani bosing Tinglash GSpeech