Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev raisligida aholini uy-joy bilan taʻminlash hamda yashil maydonlarni kengaytirish chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan videoselektor yigʻilishi oʻtkazilgan edi.
Unda “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari doirasida mamlakatimiz boʻylab yiliga 200 million tup daraxt va buta koʻchatlarini ekish borasida vazifalar belgilandi.
Aynan shu orqali shaharlardagi yashil hududlarni hozirgi 8 foizdan 30 foizga oshirish rejalashtirilganligi, ushbu keng koʻlamli loyihaga barcha birdek hissa qoʻshishi lozimligi taʻkidlandi.
Davlat statistika qoʻmitasi tomonidan ham “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amaliy ishlar izchil tashkil qilinmoqda.
Xususan, Davlat statistika qoʻmitasi jamoasi tomonidan Toshkent shahri Yangihayot tumanining “Yangi turmush”, “Binokor”, “Jaloyir”, “Humo”, “Toshkent”, “Olchazor” va “Xushnud” mahallala koʻchalarida, xonadonlar atrofida hamda hovlisida koʻchat ekish xohishi boʻlgan fuqarolarga mevali daraxt koʻchatlari berildi.
Shuningdek, tuman hokimiyati va mahalla vakillari bilan mazkur koʻchatlarning parvarishi va sugʻorilish ishlari nazorati boʻyicha kelishib olindi.
Toshkent shahar statistika boshqarmasi
Axborot xizmati