Toshkent shahar Uchtepa tumani 129-umumiy o‘rta ta’lim maktabida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabr kungi 710-sonli “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yil aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi Qarorining bajarilishi hamda "Rasmiy statistika nima?" mavzusida joriy yilning 25-aprel kuni o‘quv seminari tashkil etildi.
Seminarda Uchtepa tumani statistika bo‘limi boshlig‘i U.Karimov ishtirokchilarga ro‘yxatga olish 2023-yil 1 — 25-noyabr kunlari o‘tkazilishi, ushbu tadbirga tayyorgarlik ishlarini tashkil etishda ko‘cha nomlari, xonadon tartib raqamlarini shakllantirish, kadastr agentligi bilan hamorlikda mahalla fuqarolar yig‘inining kartografik sxemalarini yangilash, qo‘shimchalar kiritish haqida ta’kidladi.
Shuningdek, tadbirda mazkur jarayon uch bosqichda amalga oshiriladi. Birinchisi, tayyorgarlik bosqichi bo‘lib, uch yilga yaqin vaqt davom etadi. Ikkinchisi, asosiy bosqich bo‘lib, bunda bevosita aholini ro‘yxatga olish amalga oshiriladi, ya’ni aholi to‘g‘risidagi ma’lumotlar yig‘iladi, nazorat tekshiruvi o‘tkaziladi va aholini ro‘yxatga olish materiallari topshiriladi. Bu taxminan ikki oy muddatni tashkil etadi. So‘nggi bosqich qariyb uch yil davom etib, olingan ma’lumotlar kodlashtirish yordamida tahlil qilinib, natijalar e’lon qilinishi aytib o‘tildi.
Tadbirda “Rasmiy statistika toʻgʻrisida” gi OʻRQ-707-son qonuni mazmun-mohiyati toʻgʻrisida ma'lumot berildi.
Seminar davomida ishtirokchilar o‛zlariga qiziqtirgan savollarga javob oldilar va kelgusi jarayonlar uchun hamkorlikka targ'ib qilindi.
Toshkent shahar statistika boshqarmasi
Axborot xizmati