28/04/2022

Toshkent shahrida iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ko‘rsatilgan bozor xizmatlari tarkibida eng katta ulushni moliyaviy xizmatlari egallaydi. 2022- yil yanvar-mart oylarida bu xizmatlarning ulushi (34,7 %) ni tashkil etdi.
Shu bilan birga, yuqori ko‘rsatkichlar savdo xizmatlar (22,1 %), aloqa va axborotlashtirish (9,9 %), transport xizmatlari (9,4 %), boshqa xizmatlar (4,7 %) shuningdek, ta’lim sohasidagi xizmatlar bo‘yicha (4,5 %) qayd etildi. Kompyuterlarni ta’mirlash bo‘yicha xizmatlar hajmida biroz o‘sish qayd etilib, ularning ulushi 0,6 % ga yetdi.
Taqqoslash uchun: 2021- yilning yanvar-mart oylarida moliyaviy xizmatlari umumiy hajmning 31,3 % ini tashkil etgan.
2021- yilning shu davrida kompyuterlarni ta’mirlash bo‘yicha xizmatlarning ulushi ham eng kichik ko‘rsatkichga ega bo‘lgan – 0,6 %.

photo2022-04-2812-09-52

Toshkent shahar statistika boshqarmasi
Axborot xizmati                    

Tugmani bosing Tinglash GSpeech