Toshkent shahar Shayxontohur tumani 34 A-sonli umumta’lim maktabida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabr kungi 710-sonli “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yil aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi Qarorining bajarilishi yuzasidan o‘quv seminari tashkil etildi.
Seminarni G.Xamidova ochib berib, yig‘ilganlarga ushbu tadbirning maqsadi haqida qisqacha to‘xtalib o‘tdi.
Shundan so‘ng, Toshkent shaxar statistika boshqarmasi Axolini ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi bosh mutaxasisi F.Musaev hamda etakchi mutaxassisi D.Kasimova so‘zga chiqib aholini ro‘yxatga olishning mazmun-mohiyati, ahamiyati va uni o‘tkazish nima uchun zarurligi to‘g‘risida to‘xtalib, respublikamizda 2023 yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish belgilanganligi, hozirgi kunda ushbu tadbirga puxta tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar holati va kelgusidagi ustuvor vazifalar to‘g‘risida batafsil tushuntirishlar berdi.
Ta’kidlandiki, 2023 yil 1-5 noyabr kunlari internet tarmog‘i orqali,
11-22 noyabr’ kunlari esa xonadonlarga tashrif buyurgan holda so‘rov o‘tkazish orqali aholini ro‘yxatga olish amalga oshiriladi. Ro‘yxatga olish jarayonlariga xodimlar o‘z xohishlariga ko‘ra vaqtincha jalb qilinib, ular tomonidan uyma-uy yurgan holda aholidan so‘rov o‘tkazish orqali savolnomalar to‘ldiriladi. Mazkur tadbirda aholining faol ishtirok etishi muhimligi aytib o‘tildi.
Uchrashuv so‘ngida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi.
Toshkent shahar statistika boshqarmasi
Axborot xizmati