05/05/2022

Toshkent shahar Mirzo Ulug'bek tumani 205-umumiy o‘rta ta’lim maktabida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabr kungi 710-sonli “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yil aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi Qarorining bajarilishi yuzasidan joriy yilning 30-aprel kuni o‘quv seminari tashkil etildi.
Mazkur seminarda Mirzo Ulug'bek tumani statistika bo‘limi boshlig‘i R.Qaxramonov ishtirokchilarga ro‘yxatga olish 2023-yil 1 — 25-noyabr kunlari o‘tkazilishi, ushbu tadbirga tayyorgarlik ishlarini tashkil etishda ko‘cha nomlari, xonadon tartib raqamlarini shakllantirish, kadastr agentligi bilan hamorlikda mahalla fuqarolar yig‘inining kartografik sxemalarini yangilash, qo‘shimchalar kiritish haqida ta’kidladi.
Toshkent shahar statistika boshqarmasi Ro'yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o'tkazish bo'limi boshlig'i B.Boymurodov tadbirda mazkur jarayon uch bosqichda amalga oshirilishini ta'kidladi. Birinchisi, tayyorgarlik bosqichi bo‘lib, uch yilga yaqin vaqt davom etadi. Ikkinchisi, asosiy bosqich bo‘lib, bunda bevosita aholini ro‘yxatga olish amalga oshiriladi, ya’ni aholi to‘g‘risidagi ma’lumotlar yig‘iladi, nazorat tekshiruvi o‘tkaziladi va aholini ro‘yxatga olish materiallari topshiriladi. Bu taxminan ikki oy muddatni tashkil etadi. So‘nggi bosqich qariyb uch yil davom etib, olingan ma’lumotlar kodlashtirish yordamida tahlil qilinib, natijalar e’lon qilinishi aytib o‘tildi.

photo2022-05-0512-42-59

photo2022-05-0512-43-01

Toshkent shahar statistika boshqarmasi
Axborot xizmati                    

Tugmani bosing Tinglash GSpeech