Toshkent shahar Mirobod tumani 125-umumiy o‘rta ta’lim maktabida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabr kungi 710-sonli “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yil aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi Qarorining bajarilishi hamda O‘zbekiston Respublikasining “Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi qonunining mazmun-mohiyati yuzasidan o‘quv seminari tashkil etildi.
Mazkur seminarda Mirobod tumani statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi J. Zaripov ishtirokchilarga ro‘yxatga olish 2023-yil 1 — 25-noyabr kunlari o‘tkazilishi, ushbu tadbirga tayyorgarlik ishlarini tashkil etishda ko‘cha nomlari, xonadon tartib raqamlarini shakllantirish, kadastr agentligi bilan hamorlikda mahalla fuqarolar yig‘inining kartografik sxemalarini yangilash, qo‘shimchalar kiritish haqida ta’kidladi.
Tadbirda shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 11-avgustdagi “Rasmiy statistika toʻgʻrisida” gi OʻRQ-707-son qonuni mazmun-mohiyati va ahamiyati, oxirgi yillarda statistika tizimida amalga oshirilgan islohatlar, oʻzgarishlar toʻgʻrisida ma’lumot berildi.
Seminar nihoyasida ishtirokchilar o‘zlariga qiziqtirgan savollarga javob oldilar va kelgusi jarayonlar uchun hamkorlikka targ‘ib qilindi.
Toshkent shahar statistika boshqarmasi
Axborot xizmati