12/05/2022

2022- yilning 1- may holatiga respublikamizda ro‘yxatdan o‘tgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni 14 325 tani tashkil etib, ulardan 13 877 tasi faoliyat yuritmoqda. Faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1 390 taga oshgan.

Xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni davlatlar kesimida qaralganda:

Rossiya – 2 471 ta

Xitoy – 1 984 ta

Turkiya – 1 981 ta

Qozog‘iston – 1 126 ta

Koreya – 894 ta

Xorijiy kapital ishtirokida 2022- yil yanvar- aprel oylarida yangi tashkil etilgan korxonalarning davlatlar kesimida soni:

Rossiya – 210 ta

Turkiya – 128 ta

Xitoy – 74 ta

Qozog‘iston – 64 ta

Tojikiston – 28 ta

photo2022-05-1214-20-32

Toshkent shahar statistika boshqarmasi
Axborot xizmati                    

Tugmani bosing Tinglash GSpeech