2022- yilning 1- may holatiga respublikamizda jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) soni 548 701 tani tashkil etib, o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 109,4 foizga oshgan. Jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning 88,4 foizini (484 935 ta) tadbirkorlik subyektlari tashkil etgan.
Hududlar kesimida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni:
Toshkent shahri – 109 282 ta
Toshkent viloyati – 51 761 ta
Samarqand viloyati – 49 551 ta
Farg‘ona viloyati – 48 083 ta
Andijon viloyati – 42 413 ta
Qashqadaryo viloyati – 38 077 ta
Namangan viloyati – 34 253 ta
Buxoro viloyati – 31 779 ta
Surxondaryo viloyati – 29 405 ta
Xorazm viloyati – 26 027 ta
Qoraqalpog‘iston R. – 24 308 ta
Jizzax viloyati – 23 936 ta
Navoiy viloyati – 23 533 ta
Sirdaryo viloyati – 16 293 ta
Toshkent shahar statistika boshqarmasi
Axborot xizmati