Toshkent shahrida bino va inshootlarni qurish bo‘yicha qurilish ishlari tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari ulushi 34,9 % ni tashkil etib, 2021- yilning yanvar-aprel oylaridagi ko‘rsatkichga nisbatan 170,8 % ni tashkil etdi.
Ushbu faoliyat turida kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga to‘g‘ri kelgan ulush 2021- yilning yanvar-aprel oyidagi ko‘rsatkichga nisbatan 105,3 % ni tashkil qildi, ulushi esa 53,4 % ni tashkil etdi.
Norasmiy sektorning ulushi esa 2021-yilning yanvar-aprel oyidagi ko‘rsatkichga nisbatan 69,5 % punktga ko’paydi, 11,7 % ni tashkil etdi.
Toshkent shahar statistika boshqarmasi
Axborot xizmati