Toshkent shahrida 2022- yilning yanvar-aprel oylarida shahar korxonalari tomonidan 27,2 trln. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2022- yilning yanvar-aprel oylariga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi* 109,6 % ni tashkil etdi. Sanoat ishlab chiqarishi tarkibida eng katta ulush ishlab chiqaradigan sanoat hissasiga to‘g‘ri kelib, uning jami sanoat ishlab chiqarishidagi ulushi (77,6 %)ni hamda ishlab chiqarish hajmi 21,1 trln. so‘mni tashkil etdi.
Toshkent shahar statistika boshqarmasi
Axborot xizmati