2022- yilning yanvar-aprel oylarida hududlarda bajarilgan qurilish ishlari hajmi bo‘yicha yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahrida kuzatilib, 9,6 trln. so‘mni tashkil etdi. Shuningdek, Toshkent viloyatida – 3,2 trln. so‘m, Farg‘ona va Samarqand viloyatlarida 2,3 trln. so‘mdan, Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarida 2,2 trln. so‘mdan ishlar bajarildi.Qurilish ishlarining kichik hajmlari Sirdaryo viloyatida 0,8 trln. so‘m va Jizzax viloyatida 1,0 trln. so‘m miqdorida qayd etildi.
Toshkent shahar statistika boshqarmasi
Axborot xizmati