Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani 338-umumiy o‘rta ta’lim maktabida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabr kungi 710-sonli “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yil aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi Qarorining bajarilishi yuzasidan o‘quv seminari tashkil etildi.
Mazkur seminarda Mirzo Ulug‘bek tumani statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi R. Qaxramonov ishtirokchilarga ro‘yxatga olish 2023-yil 1 — 25-noyabr kunlari o‘tkazilishi, ushbu tadbirga tayyorgarlik ishlarini tashkil etishda ko‘cha nomlari, xonadon tartib raqamlarini shakllantirish, kadastr agentligi bilan hamorlikda mahalla fuqarolar yig‘inining kartografik sxemalarini yangilash, qo‘shimchalar kiritish haqida ta’kidladi.http://fb.com/UZSTAT011
Toshkent shahar statistika boshqarmasi
Axborot xizmati